O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi arafasida Mobiuz mobil operatorining Kasaba uyushmasi tashkiloti tomonidan kompaniya xodimlari uchun madaniy-ma’rifiy ekskursiyalar tashkil etildi.
Dastur doirasida Mobiuz mutaxassislari keng ko‘lamli rekonstruksiyadan so‘ng qayta ochilgan O‘zbekiston tarixi davlat muzeyida bo‘lishdi. Zamonaviy interaktiv ekspozitsiya bilan tanishish ishtirokchilarga mamlakatimizning ko‘p asrlik tarixi va boy madaniy merosi haqidagi bilimlarini yanada chuqurlashtirish imkonini berdi.
Shuningdek, kompaniya jamoasi Islom sivilizatsiyasi markazida bo‘lib, u yerdagi noyob tarixiy eksponatlar, mintaqaning ilmiy va ma’naviy merosi, shuningdek, Sharqning buyuk mutafakkirlari asarlari bilan tanishdi.
Bunday tadbirlar xodimlarning dunyoqarashini kengaytirishga, korporativ ruhni mustahkamlashga hamda O‘zbekistonning tarixiy va madaniy merosiga bo‘lgan qiziqishni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.
