Hozirda Mobiuz’ning Qashqadaryo viloyatidagi abonentlari yil boshiga nisbatan 20,5 foiz, Surxondaryo viloyatidagi abonentlari esa 13,1 foiz ko‘proq internetdan foydalanmoqda.
Ushbu ikki hudud abonentlari umumiy hisobda har soniyada 11,5 gigabaytdan ortiq trafikdan foydalanadi. Agar butun trafik hajmini sifatli to‘liq metrajli filmlarga o‘girsak, bu oyiga qariyb 14 millionta filmga teng bo‘ladi.
Internet-trafikning o‘sishi faqat abonentlar soni ortishi bilan bog‘liq emas. Bu Mobiuz tarmoqlari qamrovini kengaytirish va sig‘imini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning bevosita natijasidir.
Xususan, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining barcha tumanlarida yangi 4G LTE tayanch stansiyalari ishga tushirildi.
Qashqadaryo viloyatida eng ko‘p obyektlar Shahrisabz, Kitob, Kasbi, Koson, Qarshi tumanlari hamda Qarshi va Shahrisabz shaharlari hissasiga to‘g‘ri keldi.
Surxondaryo viloyatida esa eng ko‘p stansiyalar Denov, Jarqo‘rg‘on, Qumqo‘rg‘on, Termiz, Sariosiyo tumanlari va Termiz shahrida ishga tushirildi.
Yangi obyektlar qurishdan tashqari, Qashqadaryo viloyatida 400 dan ziyod maydonchadagi tayanch stansiyalari faoliyati muvofiqlashtirildi. Yana 250 dan ortiq obyektda tarmoq sig‘imi kengaytirilishi bilan bir vaqtda modernizatsiya ishlari amalga oshirildi.
Yangi dasturiy ta’minotning joriy etilishi hisobiga VoLTE (4G LTE tarmog‘i orqali tiniq ovozli qo‘ng‘iroqlar) va ViLTE (qo‘shimcha ilovalarsiz videoqo‘ng‘iroqlar) xizmatlari sifati yaxshilandi. Yanada ko‘proq abonentlar ulardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Ayni paytda Mobiuz nafaqat janubiy hududlarda, balki butun O‘zbekiston bo‘ylab tarmoqlarni qurish va modernizatsiya qilishni davom ettirmoqda. Maqsad bitta - abonentlarning ulkan hajmdagi mobil internetga bo‘lgan ortib borayotgan ehtiyojini to‘laqonli qondirishdir.
Mobiuz’ning texnik va texnologik rivojlanishi haqidagi materiallar turkumi bilan pr.mobi.uz saytida tanishishingiz mumkin.
