.jpg)
Mazza Fest ikkinchi marta o‘tkazildi va bu safar tashkilotchilar uni yangi bosqichga olib chiqdilar. Mobiuz mobil aloqa operatori an’anaviy tarzda festival hamkori bo‘ldi.
11–13-sentyabr kunlari “Yangi O‘zbekiston” bog‘i o‘ziga xos hayot tarzida yashadi. Har kuni soat to‘rtdan kechki o‘ngacha musiqa, o‘nlab fud-kortlarda taomlar, fotozonalar, tanlov va o‘yinlar mehmonlarni xushnud qildi.
11-sentyabr kuni festivalning asosiy mehmonlari “Artik & Asti”, 12-sentyabrda “Fly Project”, 13-sentyabrda esa “Gradusi” guruhi bo‘ldi. Yana o‘nlab xonandalar va guruhlar, DJlar, ko‘zboylog‘ichlar shoulari hamda butun hudud bo‘ylab joylashgan fotozonalar va hamkorlar maydonchalari festivalga haqiqiy kuz bayrami ruhini bag‘ishladi.
Mobiuz brend-zonasi uch kun davomida faoliyat ko‘rsatdi. Odamlar kelib, o‘yinlarda qatnashib, sovg‘alar yutib, sahna yoki fud-kortlar tomon yo‘l olishdi.
.jpg)
MobiMusic zonasida musiqiy bilimdonlik sinovdan o‘tkazildi. Odamlar guruhlarga bo‘linib, bahslashib, musiqalarni to‘g‘ri topishga urinishdi. Ënidagi MobiCinema zonasida esa “Filmni top” o‘yini o‘tkazildi – bu yerda promo-kodlar va brend mahsulotlari o‘ynaldi. Mehmonlar kadrni eslab qolish va film nomini o‘z vaqtida aytib berish bo‘yicha baxslashishdi.
Tadbirning yorqin lahzalarini aks etgan fotohisobotni e’tiboringizga havola etamiz.
