Bugun Samarqandda yilning eng asosiy sport voqealaridan biri — 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi boshlanadi.
Nufuzli xalqaro turnirda butun dunyodan 400 ga yaqin jamoa ishtirok etmoqda. Mobiuz kompaniyasi ushbu keng ko‘lamli tadbirning hamkori sifatida tashkiliy qo‘mita, olimpiada ishtirokchilari va mehmonlarini barcha asosiy lokatsiyalarda sifatli mobil aloqa hamda yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlamoqda.
Abonentlar uchun MobiChess onlayn turniri
Shaxmatni qo‘llab-quvvatlash milliy kampaniyasi doirasida Mobiuz o‘z abonentlari uchun maxsus sovg‘a tayyorlamoqda. Tez orada Mobiuz mobil ilovasida MobiChess onlayn turnirlari seriyasi start oladi.
Ishtirokchilarni qiziqarli partiyalar, g‘olib va sovrindorlarni esa yirik pul mukofot lari va bonusli internet-to‘plamlar kutmoqda.
Kompaniyaning rasmiy sayti va ijtimoiy tarmoqlaridagi yangiliklarni kuzatib boring, mahoratingizni oshiring va ilk o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘ring. MobiChess turnirining batafsil shartlari va qoidalari tez orada e’lon qilinadi.
