
Toshkentda mamlakatning eng yirik texnologiya haftaligi - ICT Week Uzbekistan 2026 bo‘lib o‘tmoqda. Bosh direktor Sobir Aripov boshchiligidagi Mobiuz delegatsiyasi ko‘rgazma ishtirokchilari bilan bir qator amaliy uchrashuvlar o‘tkazdi va taqdim etilgan texnologiyalar bilan tanishdi.
ICT Week joriy yilda Central Asian Expo Uzbekistan (CAEx) maydonida 70 dan ortiq mamlakat vakillarini birlashtirdi: ekspozitsiyada 200 dan ortiq kompaniya, Xitoy, Yaponiya, AQSH, Turkiya, Ummon, Gruziya va boshqa mamlakatlarning milliy pavilyonlari, ishbilarmonlik dasturida esa 200 dan ortiq spikerlar ishtirok etmoqda.
Aloqa operatori uchun bu odatda alohida muloqot qilinadigan deyarli barcha ta’minotchilarni: tarmoq uskunalari ishlab chiqaruvchilari, dasturiy ta’minot yaratuvchilari, abonent qurilmalari vendorlarini bir joyda ko‘rish uchun noyob imkoniyatdir.
Delegatsiya mobil operatorlar infratuzilmasi uchun yechimlar, uy interneti texnologiyalari, tarmoq uskunalari va abonent qurilmalari, shuningdek, tarmoq tahlilidan tortib mijozlarga xizmat ko‘rsatishni avtomatlashtirishgacha bo‘lgan amaliy sun’iy idrok (AI) vositalariga e’tibor qaratdi.
Uchrashuvlarning bir qismi kompaniya tomonidan hozirda rivojlantirilayotgan yo‘nalishlarga bag‘ishlandi. Mobiuz sun’iy idrokga asoslangan Moobina ovozli yordamchisi imkoniyatlarini faol joriy etmoqda, MobiHome brendi ostida uy internetini ommalashtirmoqda. Avgust oyida butun abonentlar bazasi yangi billing tizimiga muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Ko‘rgazmada jamoa hamkorlarning yechimlari rivojlanishning keyingi qadamlarini qay darajada tezlashtirishi mumkinligini ko‘rib chiqdi.
Muzokaralar yakunlari bo‘yicha kelgusidagi hamkorlik va amaliy uchrashuvlar yuzasidan kelishuvlarga erishildi.
