.jpg)
Xizmat ko‘rsatish tarmoqni rivojlantirish hamda mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish doirasida Mobiuz kompaniyasi Toshkent viloyatining Bekobod shahrida yangi sotuv va xizmat ko‘rsatish ofisini ochdi.
Yangi xizmat ko‘rsatish ofisi qulay joyda — shahar dehqon bozori yaqinida joylashgan. Bu yerda abonentlar mobil aloqa bilan bog‘liq har qanday masalani tezkorlik bilan hal etishlari mumkin.
Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot:
· Manzil: Toshkent viloyati, Bekobod sh., Sirdaryo ko‘chasi, 630-uy (móljal: dehqon bozori).
· Ish tartibi: har kuni soat 09:00 dan 18:00 gacha (tushlik tanaffusi: 13:00 – 14:00).
Mobiuz sifatli aloqa va zamonaviy xizmatlarni respublikaning har bir aholisi uchun yanada qulayroq qilib, hududlarda o‘z faoliyatini kengaytirishda davom etmoqda.
