G‘oyalar, rejalar va tashabbuslarnі ishonch bilan hayotga tatbiq etish uchun barqaror va sifatli aloqa talab etiladi. Aynan shu sababli Mobiuz mintaqalarda telekommunikatsiya infratuzilmasini izchil ravishda kengaytirib, ularning rivojlanishi uchun mustahkam raqamli poydevor yaratmoqda.
Tarmoq rivojlantirish doirasida Mobiuz operatori Qashqadaryo va Jizzax viloyatlarida yangi tayanch stansiyalarini ishga tushirdi. Ushbu loyihalarni amalga oshirish natijasida aloqa va mobil internet sifati yaxshilanadi, shuningdek, aholi va tadbirkorlar uchun kundalik muloqot qulayligi oshadi.
Qashqadaryo viloyati
· Qarshi shahri — "Mustaqillik" va «Orolovul» MFY
· Kasbi tumani — «Mug‘lon» va «Sohibkor» MFY
· Koson tumani — «Beshqo‘ton», «Jizzaliq», «Nartichukur» va «Yuqori Obron» MFY
· Mirishkor tumani — «Nurafshon» MFY
· Nishon tumani — «Istiqbol» va «Kimyogar» MFY
· Qamashi tumani — «Kaptarxona» MFY
· Qarshi tumani — «Bog‘obod», «Qahloq» va «Shirkent» MFY
· G‘uzor tumani — «Qovchin» MFY
Jizzax viloyati
· Jizzax shahri — «Bobur», «Kaliya», «Mirzo Ulug‘bek» va «Navro‘z» MFYlari
· G‘allaorol tumani — "Olimlar" MFY
· Sharof Rashidov tumani — "Mulkandlik" MFY
Mobiuz butun mamlakat bo‘ylab tarmog‘ini izchil ravishda rivojlantirishni davom ettirmoqda, millionlab abonentlarga barqaror aloqa, tezkor mobil internet xizmatini taqdim etib, ularning ertangi kunga bo‘lgan ishonchini ta’minlamoqda.
