UMS mobil operatori korporativ mijozlar uchun “Biznes-xushomad” aksiyasini o‘tkazmoqda. Aksiya bo‘yicha har bir yangi ulangan raqamga bepul bonus – 6 oy davomida har oy 2000 MB taqdim etilmoqda.
O‘zbekistonning zamonaviy rivojlanish sharoitida biznesni rivojlantirish uchun mobil aloqa katta ahamiyat kasb etadi. Bu yuzlab va minglab ishchilarga ega korxonalarga ham, oilaviy biznesni yo‘lga qo‘yganlarga ham teng taaluqli. Korporativ mobil aloqa ish bo‘yicha barcha masalalarni tezkorlik bilan hal qilishga, mijozlarni saqlab qolish va safini kengaytirishga, vaqt va pulni tejashga, doimiy aloqada bo‘lishga xizmat qiladi.
Bunday aloqa yuridik shaxslarga ayniqsa qo‘l keladi – u jamoani jipslashtirish va uning har bir a’zosi intiluvchanligini oshirishga yordam beradi. Korporativ mobil aloqa umumiy ish, umumiy qadriyatlarga daxldorlik hissiyotini uyg‘otadi. U yoki bu xodimning mobil aloqaga (daqiqalar, internet, qo‘shimcha xizmatlar va h.k.) limiti bo‘lishi va nufuzi, lavozimi oshgani sayin bu limitlarni ko‘payib borishi uni samaraliroq ishlashga, yaxshiroq natijalarni ko‘rsatishga undaydi.
Bularning barchasini inobatga olgan xolda korporativ mijozlar har tomonlama ishonchli uyali aloqa operatorlariga murojaat qilishni afzal ko‘radi.
UMS kompaniyasi ularning yaqin yordamchisi sifatida doimiy tarzda eksklyuziv takliflarni joriy qilib kelmoqda. Hususan, kuni-kecha operator “Biznes-xushomad” aksiyasi boshlanganligini e’lon qildi. Uning shartlariga ko‘ra, UMS ning yangi va amaldagi korporativ mijozlari yangi raqamlar ulashsa, sovg‘a tariqasida har bir raqamga 6 oy davomida 2000 MB dan belgilanib boradi. Megabaytlarni qo‘lga kiritish uchun «Corporate 777», «Corporate Maxi», «Corporate Ultra» yoki «Corporate Perfect» tarif rejalaridan biriga ulanish kerak.
Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar bu taklifdan 2018 yilning 18 oktyabriga qadar foydalanishlari mumkin. Buning uchun ular O‘zbekiston bo‘ylab UMS ga qarashli ofislarga murojaat qilishlari va raqamlarni ulash uchun kerakli hujjatlarni taqjdim etishlari kerak. Aksiya bo‘yicha bonuslar raqamlar ulangan paytdayoq belgilanadi.
- Yangi aksiya UMS korporativ mijoziga aylanish va kelgusida qulay xizmatlardan foydalanish imkonini beradi, - deya izoh beradi «UMS» MChJ Muhim mijozlar bilan ishlash departamenti direktori Andrey Say. – Korporativ mijozning ehtiyojidan kelib chiqib, shaxsiy tarif rejalar va chegirmalarni taqdim etishimiz mumkin. Bundan tashqari, har bir korporativ mijozga alohida xizmat ko‘rsatiladi, va u o‘ziga qulay tarzda barcha mobil aloqa xizmatlaridan foydalana oladi.
UMS korporativ mijozlari nafaqat korporativ guruh ichida, balki UMS ning boshqa barcha abonentlari bilan ham bepul suhbatlasha olishi e’tiborga loyiq. Buning uchun bor-yo‘g‘i 4210,35 so‘mga «Super 0» xizmatini yoqishi kerak. Bundan boshqa hech qanday to‘lovlar mavjud emas.
UMS korporativ mijozlari uchun yana bir e’tiborga loyiq xizmat “Cheksiz”, deb nomlanadi hamda Internetdan foydalanish va qo‘ng‘iroq qilishda mablag‘larni tejashda qo‘l keladi. Masalan, korporativ raqam tarif rejasi bo‘yicha megabaytlar yakunlanayotgan bo‘lsa va Internet-to‘plam faollashtirilmagan bo‘lsa, ushbu xizmat avtomatik tarzda ishga tushadi. Abonent qancha ko‘p Internetdan foydalansa, shuncha ko‘p mablag‘ tejaydi. Huddi shunday qulaylik qo‘ng‘iroqlar uchun ham amal qiladi.
Bu va boshqa ko‘plab takliflar, sifatli aloqa va Internet UMS korporativ mijozlariga haqiqiy korporativ mobil aloqaning ustunliklarini namoyon qilib bera oladi.