Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Mobiuz Navoiy viloyatida 4G LTE qamrovini kengaytirmoqda

Mobiuz’ning Navoiy viloyatidagi ilk 4G LTE tayanch stansiyalari 2019-yilda ishga tushirilgandi. Hozirgi vaqtda operatorning dolzarb vazifasi viloyatni to'rtinchi avlod tarmog'i bilan maksimal darajada qamrab olish va yangi texnologiyalarni joriy etishdan iborat.

Birgina o‘tgan yilning o‘zida Mobiuz texnik jamoasi Navoiy viloyatida 47 ta yangi, 78 ta modernizatsiya qilingan turli standartlardagi tayanch stansiyalarni ishga tushirdi. Texnik inshootlar nafaqat yirik shaharlar va viloyat markazlarida, balki viloyatning chekka aholi punktlarida ham efirga ulandi.

Karmana tumanining Karmana qishlog‘i, Nurafshon va Shibzon MFY, Qiziltepa tumanining Qal'ai Azizon va Husbuddin MFY, Nurota tumanining Nurfaxr MFY, Navbahor tumanining Yangiyo‘l QFY va boshqa ko‘plab aholi punktlari shular jumlasidandir.

Transport tarmog‘ini yaxshilash bo‘yicha ham katta ishlar amalga oshirildi. 16 ta radioreley aloqa liniyasi oralig‘i qurilib, 22 tasi modernizatsiya qilindi. Bu esa ularning quvvati va texnik imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qildi.

Navoiy shahridagi Mobiuz xizmat ko‘rsatish markazi texnik bo‘limi boshlig‘i Po‘lat Yunusovning ta’kidlashicha, shu kunlarda mutaxassislar jamoasi yangi ob’ektlarni qurish va foydalanishga topshirish bo‘yicha qizg‘in ishlamoqda. Hususan, 2022-yil uchun tasdiqlangan rejaga asosan oʻnlab tayanch stansiyalarni, shu jumladan, 27 ta yangi joylashuvda ishga tushirish rejalashtirilgan.

40 dan ortiq tayanch stansiyalarning akkumulyatorlari faol ravishda almashtirmoqda. Bu obyektlarda turli sabablarga ko'ra elektr energiyasi uzilib qolgan holatlarda ularning ishlash muddatini uzaytiradi va samaradorlikni ta’minlaydi.

Bu kabi texnik rivojlanish ishlari O‘zbekiston Respublikasining barcha hududlarida olib borilmoqda. Yangiliklarimizni @MyMobiuz Telegram kanalida kuzatib boring (https://t.me/MyMobiuz).

Ro'yxatga qaytish