Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Mobiuz internet foydalanuvchilariga mo‘ljallangan tariflarni ko‘paytirdi

 Mobiuz internet foydalanuvchilariga mo‘ljallangan tariflarni ko‘paytirdi 

“Gap Yo‘q” endi to‘rtta tarif rejasini o‘z ichiga olmoqda, ularning abonent to‘lovi 20 000 so‘mdan 75 000 so‘mgacha.

Mobiuz mobil aloqa operatori tayanadigan asosiy tamoyillardan biridir – mijozlarning ehtiyojlariga tayanib ish yuritish. Kompaniya doimiy ravishda takomillashib, abonentlarning talab va takliflaridan kelib chiqib, yangi tarif rejalarini taqdim etmoqda va amaldagilarini yanada yaxshilamoqda.

“Gap Yo‘q” tariflar turkumi bunga yorqin misol bo‘la oladi. Endi u faol mobil internet foydalanuvchilariga mo'ljallangan to‘rtta mahsulotdan iborat. Shu bilan birga, har bir tarif tarmoq ichida cheksiz muloqot va O‘zbekiston bo‘yicha qo‘ng‘iroqlar uchun daqiqalarni o‘z ichiga olgan.

Tarif rejalari quyidagicha ko‘rinishda:

Gap Yo‘q Mini (oyiga 20 ming so‘m) – 5 000 MB, tarmoq ichida cheksiz suhbat, O‘zbekiston bo‘yicha qo‘ng‘iroqlar uchun 250 daqiqa;

Gap Yo‘q (35 ming so‘m) – 10 000 MB, tarmoq ichida cheksiz suhbat, 500 daqiqa;

Gap Yo‘q Maxi (55 ming so‘m) – 30 000 MB, tarmoq ichida cheksiz suhbat, 750 daqiqa;

Gap Yo‘q Pro (75 ming so‘m) – 50 000 MB, tarmoq ichida cheksiz suhbat, 1 000 daqiqa.

Ularning abonent to'lovi va barcha to‘plamlari abonent ulangan/o'tgan kunda to'liq belgilanadi. Bu juda qulay, zero toʻlovni amalga oshirish yoki tarifni boshqasiga oʻzgartirish uchun oyning oxirgi kunini kutish shart emas. Oylik to'lovning keyingi sanasini bilish uchun *001# USSD-buyrug'ini terish kifoya.

Tarif rejasini o‘zgartirishda ham abonentlar uchun bir qator qulayliklar bor. Birinchidan, avvalgi tarifning foydalanilmagan megabayt/daqiqalari amaldagi tarif to‘plamlariga qo‘shiladi. Ikkinchidan, agar "eski" tarifda SMS-to‘plamning qolgan qismi bo'lsa, u ham kuyib ketmaydi va abonent tanlagan yangi tarifga o'tadi (yangisida xabarlar to'plami nazarda tutilmagan bo‘lsa ham SMS’lar o‘tadi). Hozirning o‘zida istalgan “Gap Yo‘q” tarifiga o‘tish va foydalanilmagan MB/daqiqa/SMS’larni saqlab qolish mumkin.

“Ilk “Gap Yoʻq” tarifini biz 2020-yil iyun oyida koronavirus pandemiyasi davrida ishga tushirgan edik. O‘sha paytda aholining onlayn muloqotga bo'lgan ehtiyoji sezilarli darajada oshdi, abonentlar foydalanayotgan internet-trafik rekord darajaga chiqdi. 2020-yildagi rekord ko'rsatkichlarini abonentlarning hozirgi kundagi oylik ehtiyojlari bilan qiyoslaydigan bo‘lsak – ular bir xil. Ya’ni yildan yilga abonentlar ko‘proq internetdan foydalanmoqda. Shunday ekan, “Gap Yo‘q” tariflar turkumi kengayishi va yanada qulay bo‘lishi dolzarbdir”, — deydi Mobiuz Bosh direktorining marketing va savdolar bo‘yicha o‘rinbosari Lola Filatova.

Mobiuz’ning barcha mahsulot va xizmatlari haqida batafsil ma’lumotni www.mobi.uz saytidan olishingiz mumkin.

Kompaniya yangiliklarini MyMobiuz (https://t.me/MyMobiuz) Telegram-kanalida o'qing.

Ro'yxatga qaytish