10 oy ichida Mobiuz Andijon viloyatida 30 ta yangi tayanch stansiyasini ishga tushirdi hamda 550 dan ko‘prog‘ini modernizatsiya qildi. Ishlar faol davom etmoqda.
Mobiuz mobil operatori butun O‘zbekiston bo‘ylab 4G LTE tarmog‘i va unga asoslangan VoLTE va ViLTE xizmatlarini rivojlantirishga katta e’tibor qaratmoqda. Kompaniyaning maqsadi – nafaqat shaharlar va tuman markazlarida, balki chekka qishloqlarda ham signal va tarmoq sifatini maksimal darajasini ta’minlashdan iborat. Bunga yorqin misol Andijon viloyatidir.
Andijon – O‘zbekistonning eng sharqiy va eng kichik viloyati. Ayni paytda bu yerda 3,3 milliondan ortiq aholi istiqomat qiladi va aholi zichligi bo‘yicha viloyat mamlakatimiz poytaxtidan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Bunday holat mintaqada uyali aloqani rivojlantirish uchun maxsus yondashuvni talab qiladi.
Uyali aloqa xizmatlarini kengaytirish doirasida Mobiuzning Andijondagi texnik bo‘limi mutaxassislari tomonidan mutlaqo yangi joylarda 30 ta tayanch stansiyasi ishga tushirildi. Shu jumladan, Andijon shahrida 6 ta, Asaka tumanida 5 ta, Andijon, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa tumanlari va Xonobod shahrida 3 tadan, Marhamat tumanida 2 ta, Buloqboshi, Bo‘ston, Izboskan, Paxtaobod, Shahrixon tumanlarida bittadan yangi stansiya ishga tushirildi.
Aholining zamonaviy texnologiyalardan foydalanishini ta’minlash va mobil internetga tobora ortib borayotgan ehtiyojini qondirish maqsadida viloyat bo‘yicha 550 dan ortiq tayanch stansiyalari modernizatsiya qilinib, ishga tushirildi.
Jumladan, Andijon shahri va Andijon tumanida 203 ta, Asaka tumanida 59 ta, Shahrixon tumanida 35 ta, Oltinko‘l va Jalaqudqu tumanlarida 58 tadan tayanch stansiyalari modernizatsiya qilindi. Ulug‘nor, Xo‘jaobod, Paxtaobod, Marhamat, Izboskan va boshqa tumanlarda yana 130 dan ortiq tanyach stansiyalarining texnik va texnologik imkoniyatlari yaxshilandi.
Ayni paytda Mobiuz mobil operatori Farg‘ona vodiysida 4G LTE tarmog‘ida TDD (Time-division duplexing) texnologiyasini joriy etish loyihasini muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda. Ushbu loyiha doirasida Andijon viloyatidagi 78 ta tayanch stansiyasi chastota diapazonidan yanada samarali foydalanish imkonini beradigan va signallarning yanada yuqori sifatini ta’minlaydigan TDD texnologiyasi bo‘yicha allaqachon ishlamoqda.
Ayni paytda Andijon shahridagi Mobiuz Xizmat ko‘rsatish markazi texnik jamoasi yangi obyektlarni qurish va modernizatsiya qilingan tayanch stansiyalarini ishga tushirishni faol davom ettirmoqda. Joriy yilning noyabr-dekabr oylarida viloyat aholisi amalga oshirilayotgan ishlar samarasini yanada ko‘proq his etishi mumkin bo‘ladi.
Mobiuz mobil operatori yangiliklarini kompaniyaning rasmiy Telegram-kanalida o‘qishingiz mumkin.