Biz ijtimoiy tarmoqlarda
G5 Benсhmark hisobotida O‘zbekiston o‘sish ko‘rsatkichi eng yuqorilagan davlatlardan biri bo‘ldi


Xalqaro Elektr Aloqa Ittifoqi (ITU) tomonidan ishlab chiqilgan G5 Benсhmark modeli telekommunikatsiya bozorlarining raqamli transformatsiyaga tayyorligini baholaydi. 

G5 Benсhmark raqamli transformatsiyani baholovchi jami 70 ta ko‘rsatkichni o‘z ichiga oladi. U 193 mamlakat har birining milliy siyosiy va me’yoriy-huquqiy bazasining rivojlanishiga asosan to‘rtda darajaga ajratib baholanadi.

Hisobot har ikki yilda bir marotaba e’lon qilinаdi.

2021-yilda e’lon qilingan G5 Benсhmark hisobotida O‘zbekiston 19,44 ko‘rsatkichni qayd etgan edi. 2023-yilda mamlakatning ushbu ko‘rsatkichi +22.54 ballga yuqorilab, 41,98 ni tashkil qildi. Bu o‘sish ko‘rsatkichi bilan eng ko‘p yuqorilagan davlatlardan biri bo‘ldi.


Manba: digital.uz

Ro'yxatga qaytish