Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Mobiuz post yuzasidan izoh berdi

2026-yil 23-mart kuni «Tayinlov, iste’fo va jazolar» Telegram-kanalida uyali aloqa operatorlari aloqa sifati bo‘yicha post qo‘yilgan edi.

Mobiuz mobil aloqa operatori muhim masalalarni ko‘tarib, soha rivojini doimiy kuzatib borayotgan kanal mualliflariga o‘z minnatdorligi bildirib qoladi. Bunday jamoatchilik nazorati rivojlanish uchun haqiqatan ham foydalidir.

Shu bilan birga, bir masalaga oydinlik kiritmoqchimiz: bu yerda gap aloqa sifatidagi tizimli muammo haqida emas, balki ayrim hududlarlardan kelayotgan murojaatlar xususida ketmoqda. O‘tkazilayotgan modernizatsiya, profilaktika ishlari va turli texnologik jarayonlar u yoki bu hududda aloqa sifatiga vaqtinchalik ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi har bir operatorda bor narsa. Ayrim shikoyatlarga asoslanib, butun infratuzilma holati haqida xulosa chiqarish noo‘rin deb bilamiz.

Ko‘lamni tasavvur qilishingiz uchun: 2025-yilning o‘zida Mobiuz 7600 dan ziyod tayanch stansiyalarini ishga tushirdi, mazkur yilning to‘liq 3 oy bo‘lmagan davrida esa bu ko‘rsatkich 1305 tani tashkil qildi. Bu shunchaki raqamlar emas, balki 5G texnologiyasini joriy etish, 4G LTEni rivojlantirish, avvallari aloqa sifati pastroq bo‘lgan aniq manzillar, tumanlar va aholi punktlariga kiritilgan sarmoyalardir.

Kompaniya abonentlarida aloqa va internet sifati bo‘yicha savol va murojaatlar bo‘lsa, ularni 0890, (+998) 97 1300909 raqamlari yoki @ChatMobiuz guruhi orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri yuborishlari mumkin. Har bir murojaat alohida tartibda ko‘rib chiqiladi va hech biri e’tiborsiz qolmaydi.

Ro'yxatga qaytish