Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Mobiuz tarmoq qamrovini kengaytirmoqda: mamlakatning 6 ta hududida yangi tayanch stansiyalari ishga tushirildi

Mobiuz mobil operatori O‘zbekiston Respublikasining butun hududi bo‘ylab infratuzilmani texnik rivojlantirish strategiyasini izchil amalga oshirishda davom etmoqda. Ovozli aloqa sifatini yaxshilash va mobil internet tezligini oshirish borasidagi ishlarning navbatdagi bosqichi doirasida kompaniya bir qator viloyatlarda yangi tayanch stansiyalarini ishga tushirdi.

Aloqa vositalari quyidagi joylarda ishga tushirildi:

Andijon viloyati:

·         Andijon shahri: Bobur shohko‘chasi

·         Marhamat tumani: "Bozorboshi" MFY

Buxoro viloyati:

·         Buxoro shahri: “Guliston” MFY va Qog‘on ko‘chasi

·         Buxoro tumani: "Rabotipoyon" MFY

·         Jondor tumani: "Karoli” MFY

Jizzax viloyati:

·         Baxmal tumani: “Baxmal” MFY

·         Forish tumani: “Oybek”, “O‘zbekiston” MFYlari

·         Zomin tumani: “Istiqlol”, “Nurlikent” MFYlari

·         G‘allaorol tumani: “Sarbozor” MFY

·         Sh. Rashidov tumani: “Qang‘li”, “Nurafshon”, “Pastki So'loqli”, “Sovungarlik”, “Shariloq” MFYlari

Navoiy viloyati:

·         Xatirchi tumani: "Sangijumon" MFY

Surxondaryo viloyati:

·         Termiz shahri: "Manguzar" MFY

·         Denov tumani: "Totuvlik" MFY

Toshkent viloyati:

·         Bekobod tumani: "Parchayuz" MFY

·         Bo‘stonliq tumani: "Bayterak" MFY

·         Yuqori Chirchiq tumani: "Bahor" MFY

Mobiuz o‘z abonentlariga bildirgan ishonchi uchun minnatdorlik izhor etadi hamda butun mamlakat bo‘ylab mustahkam telekommunikatsiya poydevorini ta’minlash maqsadida tarmoq va uskunalarni takomillashtirish ishlarini davom ettiradi.

Ro'yxatga qaytish