Biz ijtimoiy tarmoqlarda
2024-yil 2-iyuldan 7-iyulgacha hamda keyingi davrda Mobiuz xizmatlarini narxlash tartibi

1) 2024-yil 2-iyuldan 7-iyulgacha (shu jumladan) Mobiuz billing tizimida avariya-tiklash ishlari olib borildi. Bu jarayonda oflayn narxlash (hisob-kitoblar kechiktirilgan tartibda amalga oshirilishi) qo‘llanildi. Ushbu davr mobaynida abonent raqamlari bandlanmadi va abonentlar aloqa xizmatlaridan erkin foydalanishlari mumkin bo‘ldi.

2) 2024-yil 8-iyuldan xizmatlarni onlayn narxlash qayta yoqildi. Ya’ni abonentlar o‘z balansi va to‘plamlari holatini real vaqtda ko‘ra oladilar.

3) 2024-yil 8-iyul kuni kompaniya 2-iyuldan 7-iyulgacha bo‘lgan davr uchun ko‘rsatilgan xizmatlarni quyidagi tartibda hisoblab chiqadi:

a) ayrim abonentlar tarif rejalarining oylik abonent to‘lovini 2-7 iyul kunlari oralig‘ida to‘lashi kerak edi, lekin ular buni amalga oshira olmadi. Shunga qaramay, abonentlari raqamlari bandlanmadi va xizmat ko‘rsatish davom ettirildi. 2-7 iyul kunlari oylik abonent to‘lovini kiritishi kerak bo‘lgan abonentlar to‘lovni 8-iyulda amalga oshirishlari kerak. Agar 8-iyul kuni balansda yetarli mablag‘ bo‘lsa, abonent to‘lovi muvaffaqiyatli yechib olinadi. Agar mablag' yetarli bo'lmasa, abonent bandlanadi va o'z hisobini to'ldirishi kerak (tarif kunlik abonent to‘lovi tartibiga o‘tib qolishi ham mumkin).

Misol: Abonent o'z tarif rejasi uchun oylik abonent to'lovini 5-iyul kuni to'lashi kerak edi. Profilaktik ishlar tufayli u buni uddalay olmadi. Uning raqami ishlashda davom etdi. Endi u abonent to‘lovini 8-iyul kuni to‘lashi kerak.

b) agar abonentda kunlik abonent to‘lovi yoqilgan bo‘lsa, abonent to‘lovni 8 iyuldan boshlab to‘lashni davom ettiradi. 3-7 iyul kunlari undan abonent to‘lovi olinmaydi.

d) 2-7-iyul kunlari abonentlar tarif rejalari bo‘yicha daqiqalar, megabaytlar va/yoki SMS-xabarlar qolmagan bo‘lsa ham, xizmat ko‘rsatish davom ettirildi. Bu davrda limitdan ortiq foydalangan barcha xizmatlar uchun 100% chegirma taqdim etiladi, xizmatlar uchun balansdan pul yechib olinmaydi.

Misol: 2-iyul kuni tarifda bo‘yicha 10 MB, cheksiz qo‘ng‘iroqlar va 2 ta SMS-xabarlar qolgandi. Abonent “Restart” xizmatidan foydalana olmadi. Deylik, 2-iyuldan 7-iyulgacha abonent o‘zi bilmagan holda 5 000 MB va 2 ta SMS-xabardan foydalandi. 8-iyul kuni kompaniya uning to‘plamlaridagi 10 MB va 2 ta SMS-xabarlarni hisobdan o‘chiradi. Abonent yana 4990 MB ortiqcha foydalangan bo‘lsa-da, kompaniya buni qarz hisoblamaydi va ushbu megabaytlardan kechib yuboradi.

e) 2-7-iyul kunlari abonentlar tarif rejalari bo‘yicha daqiqalar, megabaytlar va/yoki SMS-xabarlari bo‘lgan taqdirda, ularga xizmat ko‘rsatish davom ettirildi. Hisob-kitoblar kechiktirilgan tartibda amalga oshirildi. 8-iyul kuni kompaniya abonentlarning daqiqa, megabayt va SMSlar qoldiqlarini qayta ko‘rib chiqadi. 2-iyul kundagi qoldiqlardan 2-7-iyul kunlari foydalanilgan hajmlar olib tashlanadi. Lekin abonent o‘zida bor hajmlardan ham ko‘proq ishlatib qo‘ygan bo‘lsa, u qarzga kirmaydi va balansidan pul yechib olinmaydi.

Misol: 2-iyul kuni abonentda cheksiz qo'ng'iroqlar, 20 000 MB va 2 000 ta SMS bor edi. 2-iyuldan 7-iyulgacha u o‘zi bilmagan holda 50 000 MB va 250 ta SMS ishlatdi. 8-iyul kuni kompaniya abonentda bo‘lgan 20 000 MBni hamda 250 ta SMSni yechib oladi. Ortiqcha ishlatilgan 30 000 MB uchun abonent haq to‘lamaydi. Natijada, abonentda 0 MB va 1750 ta SMS qoladi.

Savollaringiz bo‘lsa, quyidagi yo‘llar bilan bizga murojaat qilishingiz mumkin:
- (+998) 97 1300909, 0890 va 0990 raqamlari bo‘yicha Mobiuz call-markaziga qo‘ng‘iroq qilib;
- https://t.me/mobiuzchatbot Telegram chat-botiga yoki ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga yozib;
- kompaniya va hamkorlarining respublika bo'yicha ofislariga kelib.

Ro'yxatga qaytish