Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Huawei bilan hamkorlikning uzoq muddatli rejalari muhokama qilindi

2024-yil 30-iyul kuni Mobiuz mobil operatorining Markaziy ofisida Kompaniya rahbariyati va Huawei (Xitoy) korporatsiyasi delegatsiyasi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Mobiuz va Huawei ko‘p yillik strategik hamkorlardir. Kompaniyalarning qo‘shma loyihalari ilg‘or xalqaro tajriba asosida O‘zbekistonda ilg‘or texnologik yechimlarni joriy etish va telekommunikatsiya xizmatlarini rivojlantirishga qaratilgan.

Xususan, joriy yilning yanvar oyida Xitoyda bo‘lib o‘tgan Investitsiya forumida Mobiuz va Huawei o‘rtasida 2024-2028 yillarda Mobiuz mobil aloqa tizimlarini modernizatsiya qilish va kengaytirish loyihasi bo‘yicha umumiy qiymati 80 million AQSH dollariga teng shartnoma imzolangan edi. Bundan tashqari, tomonlar 2024-2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasida Massive MIMO FDD texnologiyasini yanada joriy etish bo‘yicha umumiy qiymati 4,9 million AQSH dollari bo‘lgan bitimni imzoladilar.

Bir oy o‘tgach, joriy yilning fevral oyida Butunjahon mobil kongressi (MWC 2024) doirasida Mobiuz va Huawei o‘rtasida hamkorlik memorandumi va yangi istiqbolli loyihalar imzolandi.

Shu kunlarda Huawei kompaniyasining dasturiy ta’minot bo‘yicha vitse-prezidenti janob Wei Zhuang boshchiligidagi Huawei korporatsiyasi delegatsiyasi O‘zbekistonda bo‘lib turibdi.

Mobiuz mobil operatori rahbariyati bilan uchrashuvda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, texnologik yangiliklarni joriy etish mexanizmlari va hamkorlikning istiqbolli rejalari muhokama qilindi. Har ikki tomon strategik sheriklikni chuqurlashtirishdan manfaatdor ekani qayd etildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar muzokaralarning yangi raundini o‘tkazish va qo‘shma loyihalarni jadal amalga oshirishga kelishib oldilar.

Ro'yxatga qaytish