Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Toshkent shahri va Toshkent viloyatida fuqarolar qabuli

Joriy yilning 22-23-avgust kunlari Mobiuz’ning markaziy ofisi va Chirchiq shahridagi Xizmat ko‘rsatish markazida telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatishning barcha masalalari bo‘yicha fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.

Tadbirlarning asosiy maqsadi - abonentlarning ehtiyojlarini yaxshiroq tushunish, ularni qiynayotgan masalalarni ko‘rib chiqish va hal qilish, shuningdek, zarur maslahatlar berish uchun ular bilan bevosita hamkorlik qilishdir.

Fuqarolar qabullari doirasida Mobiuz’ning turli bo‘linmalari rahbarlari, Raqamli texnologiyalar vazirligi va "O‘zkomnazorat" inspeksiyasining hududiy boshqarmalari vakillari fuqarolar bilan shaxsan uchrashdilar.

Poytaxt va Toshkent viloyati aholisi o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishdi, kompaniya xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashishdi va xizmatlarni yaxshilash bo‘yicha takliflarni old surishdi. Barcha murojaatlar alohida nazoratga olindi.

    

   

Ro'yxatga qaytish