Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Mobiuz abonentlar fikrlarini inobatga olmoqda

10-sentabr kuni "BASTION" Telegram-kanalida Mobiuz mobil operatori abonentining (https://t.me/bastiongr/12436) tungi SMS-xabarnomalar yuzasidan murojaati e’lon qilindi. Murojaatga javoban kompaniya quyidagilarni ma’lum qiladi.

Mobiuz’da "Va’da qilingan to‘lov" xizmati mavjud bo‘lib, u abonentlarga balansda pul mablag‘lari yetishmagan taqdirda kompaniyadan 1 ming so‘mdan 40 ming so‘mgacha qarz olish imkonini beradi. Ushbu qulay xizmat abonent balansining holatini avtomatik ravishda kuzatib boradi. Balans ma’lum bir summadan kam bo‘lgan har qanday vaqtda tizim avtomatik ravishda abonentga SMS-xabar yuboradi va kompaniyadan qarz olish imkoniyatini taklif qiladi.

Ushbu xabarnomani o‘chirish juda oson – javob xabari bilan "STOP" so‘zini 170-raqamga yuborish kifoya. Bu haqdagi ma’lumotlar kompaniya veb-saytida ochiq joylashtirilgan (https://mobi.uz/uz/uslugi/account/74423/). Bundan tashqari, kompaniya bilan istalgan yo‘l bilan bog‘lanish (masalan, 0890 yoki (+998) 97 1300909 aloqa markazi raqamlariga qo‘ng‘iroq qilish) orqali xizmatni o‘chirish mumkin.

"BASTION" Telegram-kanalidagi murojaat muallifining balansi turli davrlarda ma’lum summagacha kamaygan va bu vaqt abonentlar bilan bir qator o‘zaro hisob-kitoblar amalga oshirilayotgan tungi vaqtga to‘g‘ri kelgan. Murojaatni hisobga olgan holda, kompaniya "Va’da qilingan to‘lov" xizmati shartlarini ko‘rib chiqdi. Endilikda SMS-xabarnomalar, barcha abonentlarning balanslari holatidan qat’i nazar, tungi vaqtda kelmasligi ta’minlandi.

Mobiuz abonentga kompaniyaning xizmat ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirishda ishtirok etgani uchun o‘z minnatdorchiligini bildiradi.

Ro'yxatga qaytish