Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlarida sayyor qabullar o‘tkazildi

Abonentlar bilan o‘zaro aloqalarni yaxshilash va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish tashabbusi doirasida Mobiuz mobil operatorining turli bo‘linmalari rahbarlari Farg‘ona vodiysida sayyor qabullar o‘tkazdi.

Tadbirlar hududlar aholisi bilan bevosita muloqot qilish, ularning ehtiyojlarini aniqlash va yuzaga kelayotgan masalalarni tezkor hal etish maqsadida tashkil etildi. Qabullar davomida fuqarolar mobil aloqa sohasi bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berish, taklif bildirish va kompaniya faoliyatining barcha jihatlari bo‘yicha malakali maslahatlar olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Tadbirlarda Raqamli texnologiyalar vazirligi va "O‘zkomnazorat" inspeksiyasi hududiy boshqarmalari rahbarlari ishtirok etdi.

Uchrashuvlarda xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar ko‘lamini kengaytirish va yangi texnologiyalarni joriy etish kabi muhim mavzular muhokama qilindi. Fuqarolarning barcha murojaatlari qayd etilgan va ularning har biri bo‘yicha zarur choralar ko‘riladi. Bir qator murojaatlar joyida hal etildi.

Kompaniya ushbu uchrashuvlarda ishtirok etgan barcha Farg‘ona vodiysi aholisiga faol ishtiroki va konstruktiv muloqoti uchun minnatdorchilik bildiradi. Mobiuz yuqori darajadagi xizmat ko‘rsatish va abonentlar qoniqishini ta’minlash uchun mamlakatning boshqa hududlarida ham shu kabi tadbirlarni o‘tkazishni davom ettiradi.

  

 

 

    

 



 

Ro'yxatga qaytish