Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Mobiuz internetdagi firibgarliklar haqida ogohlantirmoqda

Mobiuz mobil aloqa operatori internetda tezkor ravishda pul yutib olish imkonini beruvchi sohta tanlovlar haqida ogohlantirmoqda. Kompaniya o‘z abonentlari va jamoatchilikni bunday yolg‘on ma’lumotlarga ishonmaslikka va hushyor bo‘lishga chaqirmoqda.

2024-yil 7-oktabr kuni Mobiuz ofislaridan biriga murojaat qilgan abonent kompaniya tomonidan katta pul sovrini yutib olganligini ma’lum qildi. U xodimlarga g‘alabasining skrinshotini ko‘rsatdi. Aniqlanishicha abonent reklama orqali Mobiuz brendi ostidagi sohta veb-saytda kirib qolgan va tezkor o‘yinda qatnashgan. Tabiiyki, u “g‘oliblikni” qo‘lgan kiritgan va undan plastik karta raqamlarini kiritish so‘ralgan...

Mobiuz abonentlari va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini hushyor bo‘lishga chaqirmoqda! Mobiuz nomidan yolg‘on tanlovlar va sovrinli o‘yinlarni tashkil etib, tezkor to‘lovlar va’da qilinayotgan holatlar uchrab turibdi. Bu harakatlar foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlari va pullarini o‘g‘irlashga qaratilgan.

Mobiuz o‘z abonentlari va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini quyidagi ehtiyot choralarini ko‘rishga chaqiradi:

Havolalar va veb-saytlar manzillarini tekshiring. Mobiuz kompaniyasining barcha rasmiy tanlov va aksiyalari faqat rasmiy saxifalarida o‘tkaziladi.

Hech qachon shaxsiy ma’lumotlaringizni kiritmang va boshqalarga bermang. Firibgarlar ko‘pincha hisoblaringizga kirish uchun telefon raqamlari, bank kartalari ma’lumotlari, tasdiqlash kodlarini taqdim etishni so‘rashadi.

Ma’lumotlarni qayta tekshiring. Agar siz Mobiuz nomidan tanlov yoki aksiya to‘g‘risidagi ma’lumotni ko‘rsangiz, albatta kompaniyaning Telegram, Facebook, Instagramdagi rasmiy sahifalariga murojaat qilib, tanlov rostligiga ishonch hosil qiling.

Mobiuz o‘z abonentlarini hushyorlikka va firibgarlikka qarshi kurashda hamkorlikka chaqiradi. Agar siz Mobiuz nomidan o‘tkazilayotgan tanlov yoki sovrinli o‘yini to‘g‘risidagi shubhali ma’lumotlarni uchratsangiz, iltimos, bu haqida kompaniyaning rasmiy sahifalariga darhol xabar bering.

Ro'yxatga qaytish