Mobiuz Markaziy ofisida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 35-yilligiga bag‘ishlangan kitob yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.
Yarmarkada badiiy klassikadan tortib zamonaviy xitlargacha, qiziqarli bolalar hikoyalaridan tortib ilmiy va ishbilarmonlik adabiyotlarigacha bo‘lgan asarlarning boy to‘plami taqdim etildi.
Xodimlar qiziqarli kitoblar bilan tanishib, ularni arzon narxlarda xarid qilish imkoniga ega bo‘ldilar.
Yarmarka ish kunlaridan chalg‘ish, o‘qish dunyosiga sho‘ng‘ish va hamkasblar bilan muloqot qilish uchun ajoyib imkoniyat bo‘ldi.
Xodimlar o‘z kutubxonalarini to‘ldirish va ajoyib kitoblar dunyosidan bahramand bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lishlari uchun kompaniyada muntazam ravishda kitob yarmarkalarini o‘tkazib kelinmoqda.
Zero, kitob - aql, ilm va ma’naviy boylikka yo‘ldir.