So‘nggi paytlarda abonentlarga, shu jumladan korporativ tarif rejalaridagi mijozlarga go‘yoki ularning aloqa operatoridan uyali aloqa shartnomasini uzaytirish taklifi bilan qo‘ng‘iroqlar kelib tushmoqda. Qo‘ng‘iroq qiluvchilar shartnoma shartlarini uzaytirish uchun SMS-xabarlar orqali kelgan kodni aytib berishni so‘rashmoqda.
BU HARAKATLAR FIRIBGARLAR TOMONIDAN AMALGA OSHIRILMOQDA! Har qanday kirish kodlarini begona shaxslarga berish jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bular jumlasiga plastik kartalardan mablag‘larni o‘g‘irlash, banklarda onlayn kredit rasmiylashtirish, Telegram yoki boshqa ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarni o‘g‘irlanishi kabi holatlar kiradi.
ESDA TUTING: Mobiuz mobil operatori xodimlari hech qachon telefon orqali kirish kodlarini so‘ramaydi, kompyuter yoki smartfon uchun dasturlarning o‘rnatish fayllarini yubormaydi!
Istalgan vaqtda kompaniyaga shaxsan murojaat qilib, barcha qiziqtirgan savollaringizga aniqlik kiritishingiz mumkin. Bizning raqamlarimiz: 0890, 0990 (korporativ mijozlar uchun), (+998) 97 1300909.