Samarqand aholisi Mobiuz kompaniyasining turli bo‘linmalari rahbarlari bilan masalalarni hal etish maqsadida uchrashdi.
Samarqandda fuqarolarning sayyor qabuli o‘tkazildi. Unda viloyat aholisi Mobiuz kompaniyasi Bosh direktorining marketing va sotuvlar bo‘yicha o‘rinbosari Lola Filatova boshchiligidagi ishchi guruhga bevosita murojaat qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Tadbirda aloqa va xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq masalalarni tezkor hal etish maqsadida Raqamli texnologiyalar vazirligining hududiy boshqarmasi hamda "O‘zkomnazorat" inspeksiyasi vakillari ham ishtirok etdilar.
Uchrashuvning maqsadi mobil aloqa sifati, tarif rejalari va raqamli xizmatlar masalalarini muhokama etish edi. Qabul jarayonida abonentlarga quyidagi dolzarb masalalar:
- mobiuz xizmatlariga ulanish va ulardan foydalanish;
- alohida hududlarda tarmoq qoplamining sifati va yangi obyektlarni ishga tushirish rejalari bo‘yicha;
- tarif rejalarining shartlari, ularni optimal tanlash imkoniyatlari va boshqa yo‘nalishlar yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Viloyatning chekka hududlarida ham aloqa qamrovini kengaytirish va sifatini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Barcha murojaatlar qayd etildi va ular yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilab chiqildi.
Mobiuz kompaniyasi uchrashuv ishtirokchilarining barchasiga samarali muloqot va qimmatli fikr-mulohazalari uchun o‘z minnatdorchiligini bildiradi. Sizning taklif va mulohazalaringiz xizmatlarimizni takomillashtirish hamda yanada sifatli va qulay xizmatlarni taqdim etishimizda katta yordam bermoqda.