2025-yil 3-6-mart kunlari Barselona shahrida (Ispaniya) har yili o‘tkaziladigan Butunjahon mobil kongressi (Mobile World Congress 2025) bo‘lib o‘tmoqda.
Tadbirlarda GSM assotsiatsiyasi (GSMA)ning to‘laqonli a’zosi bo‘lgan Mobiuz mobil operatori delegatsiyasi an’anaviy ravishda ishtirok etmoqda.
Mobiuz uzluksiz rivojlanish, innovatsiyalar va aholi uchun sifatli va manfaatli aloqa xizmatlarini yaratishga intilib kelmoqda. MWC 2025 doirasida kompaniya rahbariyati “Juniper Networks”, “Huawei”, “ZTE” va boshqalar kabi dunyoning yetakchi uskuna va xizmatlar yetkazib beruvchilari bilan bir qator ishbilarmonlik uchrashuvlarini o‘tkazdi.
Muzokaralar yakunida hamkorlikni yanada chuqurlashtirish bo‘yicha bir qator hujjatlar imzolandi. Bu esa kompaniyaning bozordagi mavqeini yanada oshirish va mustahkamlashga xizmat qiladi.


Mobiuz xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi va mustahkamlashi mamlakatimiz telekommunikatsiya sohasi uchun bir necha bor sezilarli foyda keltirdi. Xususan, 2021-yilda Mobiuz mamlakatimizda ilk bor eSIM xizmatini joriy etdi, 2023-yilda birinchi bo‘lib VoLTE va ViLTE texnologiyalarini ishga tushirdi, o‘z tarmoqlarida LTE 2100 standartini qo‘llashni boshladi, 2024-yilda kompaniya birinchi bo‘lib VoWiFi texnologiyasini taqdim etdi.
Joriy yilda Mobiuz telekommunikatsiya xizmatlarini yanada kengaytirish va ilg‘or yechimlarni joriy etish orqali o‘z rivojlanishining yangi bosqichini boshlamoqda. Kompaniya yuqori sifatli aloqa va raqamli xizmatlarning mavjudligini ta’minlashga intiladi, bu esa o‘z navbatida O‘zbekiston telekommunikatsiya sohasining rivojlanishi va o‘sishiga hissa qo‘shadi.
Mobiuz o‘zining korporativ falsafasini amalga oshirish yo‘lida davom etmoqda: xalqaro hamkorlikni kengaytirish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish va abonentlar hayotini yanada qulay va zamonaviy qilish yo‘nalishlari bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda