Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Toshkentda "Talaba Expo – 2025" bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi

                   

Mobiuz kompaniyasi O‘zbekiston poytaxtida o‘tkazilgan "Talaba Expo - 2025" festivali doirasidagi bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasida ishtirok etdi. Ushbu keng ko‘lamli tadbir talabalar, bitiruvchilar va yetakchi kompaniyalar vakillarini bir joyga to‘plab, yosh mutaxassislar bilan ish beruvchilar o‘rtasida samarali muloqot maydonini yaratdi.

Mobiuz HR bo‘limi vakillari talabalar va bitiruvchilar bilan faol ish olib borib, telekommunikatsiya sohasida amaliyot o‘tash, stajirovka qilish va karyera boshlash imkoniyatlari haqida ma’lumot berishdi. Ochiq va do‘stona muhitda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishlari, kasbiy maslahatlar olishlari va aloqa sohasidagi yo‘lning qanday boshlanishini yaxshiroq tushunishlari mumkin edi.

Mobiuz uchun bunday tadbirlarda qatnashish kelajakdagi kadrlar salohiyatini rivojlantirishga qo‘shilgan hissadir. Biz yoshlarni faol raqamli muhitga jalb etish va ularga kasbiy o‘sishning haqiqiy istiqbollarini yaratib berish orqali universitetlar bilan biznes o‘rtasida ko‘prik qurishga intilamiz.

Tadbir ham talabalar, ham jamoamiz uchun qimmatli tajriba bo‘ldi. U ko‘plab ishtirokchilarga o‘z karyera yo‘nalishlarini aniqlab olish va kasbda keyingi qadamlarini belgilab olish imkonini berdi. O‘z navbatida, Mobiuz yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlovchi ijtimoiy mas’uliyatli ish beruvchi sifatidagi obro‘sini yanada mustahkamladi.

"Talaba Expo – 2025" tashkilotchilariga ishtirok etish imkoniyatini berganlari uchun minnatdorchiligimizni bildiramiz. Yangi avlod mutaxassislarini ko‘nikmalarini rivojlantirishga, oldinga intilishga va biz bilan birgalikda raqamli kelajakni qurishga ilhomlantiradigan bunday tashabbuslar davom etishiga umid qilamiz.

                   

Ro'yxatga qaytish