O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi delegatsiyasining Xitoyga tashrifi doirasida AKT sohasidagi xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan ishbilarmonlik uchrashuvlari o‘tkazilmoqda.
Mobiuz mobil operatori rahbariyati Raqamli texnologiyalar vazirligining SINO SURE davlat sug‘urta korporatsiyasi bilan olib borgan muzokaralarida ishtirok etdi.
Muhokamalarda O‘zbekistonda raqamli tarmoqni kengaytirish va telekommunikatsiya infratuzilmasini modernizatsiya qilishga yo‘naltirilgan istiqbolli loyihalarni moliyaviy va sug‘urta jihatidan qo‘llab-quvvatlash masalalari asosiy o‘rinni egalladi.
Tomonlar eksportni, kredit xatarlarini sug‘urtalash mexanizmlari hamda yirik AKT tashabbuslarini amalga oshirishda investitsiya xatarlarini kamaytirishga ko‘maklashadigan boshqa vositalarni ko‘rib chiqdilar.
Yangi loyihalarni kelishish va amalga oshirishni tezlashtirish imkonini beradigan hujjat aylanmasi tartib-qoidalarini soddalashtirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.