Mobiuz kompaniyasi butun mamlakat bo‘ylab telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha tizimli ishlarini olib bormoqda. Maqsadimiz abonentlarimiz qayerda bo‘lishidan qat’i nazar - uyda, yo‘lda yoki ish joyida - barqaror va sifatli aloqa xizmatini ta’minlashdan iborat.
Ushbu yo‘nalish doirasida quyidagi hududlarda yangi tayanch stansiyalar ishga tushirildi:
Qashqadaryo viloyati
- Shahrisabz shahri: "Tutzo‘r" MFY
- Shahrisabz tumani: "Oq oltin" QFY va "Qo‘shchinor" QFY
- Chiroqchi tumani: "O‘zbekiston" MFY, "Soybo‘yi" ko‘chasi
- Yakkabog‘ tumani: "Kenguzar" MFY
Samarqand viloyati
- Samarqand shahri: "Bahodir Yalang‘tush" MFY, "Qorasuv" dahasi, "Diyor" MFY, - Toshkent ko‘chasi, "Yoqubov" ko‘chasi va "O‘zbekiston" ko‘chasi
- Samarqand tumani: "Yangiariq" MFY
- Pastdarg‘om tumani: "Po‘latchi" MFY
Surxondaryo viloyati
- Termiz shahri: "Ko‘kildor ota" MFY
- Termiz tumani: "Navro‘z" va "Ko‘kildor ota" MFY
Toshkent viloyati
- Yangiyo‘l shahri: "Fayzli" MFY
- Oqqo‘rg‘on tumani: "Birlik" MFY
Mobiuz kompaniyasi siz bilan doimo birga bo‘lish uchun, ayniqsa muhim bo‘lgan har bir joyda, texnik rivojlanishga sarmoya kiritishni davom ettiradi.