Kompaniya yangi tayanch stansiyalarini ishga tushirish orqali texnik rivojlanishni davom ettirmoqda. Bu esa tobora ko‘proq abonentlarga uyda ham, sayohatlarda ham sifatli aloqa va yuqori tezlikdagi mobil internetdan foydalanish imkoniyatini yaratmoqda.
Bir qator hududlarda yangi tayanch stansiyalari ishga tushirildi. Bu esa tarmoq qamrovini kengaytirib, quyidagi joylardagi abonentlar uchun aloqa sifatini yaxshiladi:
Buxoro viloyati
· Jondor tumani: «Navgadi» MFY
· Peshku tumani: «Yangibozor» MFY
Qashqadaryo viloyati
· Kitob tumani: «Hamza Olimjon» va «Makrid» MFY
· Shahrisabz tumani: «Hisorak» MFY
Samarqand viloyati
· Kattaqo‘rg‘on shahri: «Yakkabog‘» MFY
· Bulung‘ur tumani: «Samarqand» MFY
· Urgut tumani: «Do‘stlik», «Ipakli» va «Mergancha» MFYlari
Surxondaryo viloyati
· Denov tumani: «So‘fi Olloyor» va «Totulik» MFY
· Qiziriq tumani: «Tinchlik» va «Yangiobod» MFY
· Sariosiyo tumani: «Marjona» MFY
· Sherobod tumani: «Taroqli» MFY
· Sho‘rchi tumani: «Joyilma» MFY
Toshkent viloyati
· Chirchiq shahri: «Gulzor» MFY
· Parkent tumani: «Parkent» va «Chotqol» QFY
Mobiuz mamlakat bo‘ylab qamrovni kengaytirishga sarmoya kiritishni davom ettiradi. Buning maqsadi har bir fuqaro - qaysi hududda yashamasin - sifatli aloqa, zamonaviy raqamli imkoniyatlar va yuqori tezlikdagi internetdan foydalana olishini ta’minlashdir.
