Telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha strategik dastur doirasida Mobiuz kompaniyasi o‘z tarmoq qamrovini faol kengaytirishni davom ettirmoqda. Toshkent viloyatida yangi tayanch stansiyalari ishga tushirildi, bu esa hudud aholisi uchun mobil aloqa va tezkor internetdan foydalanish imkoniyatini sezilarli darajada oshirdi.
Yangi tarmoq inshootlarining ishga tushirilishi natijasida Mobiuz foydalanuvchilari ham shaharlarda, ham olisdagi aholi punktlarida yanada barqaror signal, ovozli aloqaning yaxshilangan sifati va yuqori tezlikdagi ma’lumot uzatishdan foydalanmoqdalar.
Yangi tayanch stansiyalari quyidagi manzillarga o‘rnatildi:
Nurafshon shahri
• "Yangiobod" ko‘chasi, "Nurafshon Business City" hududi
Yangiyo‘l shahri
• "Nav" MFY
• "Olmos" MFY
• "Sabo" MFY
Chirchiq shahri
• "Elektromashinasozlar" ko‘chasi
• "Kamalak" MFY
Bo‘ka tumani
• "Yangikurgon" MFY
Bo‘stonliq tumani
• "Sarikoniq" MFY
Chinoz tumani
• "Afg‘on" MFY
• "Do‘stlik" MFY
• "Ehtirom" MFY
• "Gulzorobod" MFY
• "Obihayot" MFY
O‘rta Chirchiq tumani
• "Bunyodkor" MFY
• "Nomdanak" MFY
• "O‘rtasaroy" MFY
• "Xalqobod" MFY
Quyi Chirchiq tumani
• "Do‘stlik" MFY
Toshkent tumani
• "Sarke" MFY
Yangiyo‘l tumani
• "Bunyodkor" MFY
• "Changtepa" MFY
• "Kirsadoq" MFY
• "Ozod" MFY
• "Saxovat" MFY
• "Xalqobod" MFY
Zangiota tumani
• "Qahramon" MFY
• "Zangiota" QFY