Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Aloqa yaqin: Qashqadaryo va Navoiy viloyatlarida Mobiuz’ning yangi tayanch stansiyalari

Mobiuz kompaniyasi barqaror aloqa va yuqori tezlikdagi mobil internet xizmatlarini ta’minlash maqsadida qamrov hududini kengaytirish va zamonaviy yechimlarni joriy etishni davom ettirmoqda. Qashqadaryo va Navoiy viloyatlarida yangi tayanch stansiyalari ishga tushirildi.

Yangi tayanch stansiyalari joylashgan manzillar:

Navoiy viloyati
• Uchquduq tumani, Amir Temur ko‘chasi
• Zarafshon shahri, 2-mikrohudud

Qashqadaryo viloyati
• Kitob tumani, "Makrid" MFY
• Ko‘kdala tumani, "Do‘stlik" MFY
• Chirakchi tumani, "Dodik" MFY
• Chirakchi tumani, "Xalqobod" MFY

Mamlakatimizning turli hududlarida telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha ishlar davom etmoqda.


Ro'yxatga qaytish