Pinbox geomarketing xizmati Mobiuz mobil aloqa operatori ofislariga "2024-yilning eng yaxshi joyi" sertifikatini topshirdi.
Bu sertifikat Google, Yandex, 2GIS kabi geoservislar bilan samarali ishlaydigan va mijozlarga yuqori darajada g‘amxo‘rlik ko‘rsatadigan kompaniyalarga beriladi.
Bu e’tirofning ortida Mobiuz jamoasining tizimli ishi turibdi:
- Google Maps, Yandex, 2GIS va boshqa geoservislarda ofislarning joylashuvini aniq belgilash;
- mijozlarning fikr-mulohazalari bilan ishlash;
- geoservislarda muntazam yangilanishlar va yangiliklar e’lon qilish.Bularning barchasi sizlar uchun — respublikamiz bo‘ylab joylashgan ofislarimizga tashrif buyurmasdan oldin eng yaqin ofisni oson topishingiz, ish jadvali haqida ma’lumot olishingiz, dolzarb axborotni ko‘rishingiz va g‘amxo‘rligimizni his qilishingiz uchun.
Pinbox kompaniyasiga e’tirofi uchun minnatdorlik bildiramiz hamda abonentlar bilan muloqot tajribasini yanada yaxshilash yo‘lida davom etamiz.
