Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G texnologiyasining yangi imkoniyatlarini taqdim etmoqda

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 34 yillik sanasi arafasida Andijon, Farg‘ona, Namangan va Qo‘qon shaharlari aholisi beshinchi avlod aloqa tizimidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Bu O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 34 yillik bayrami arafasida viloyatlar aholisi va mehmonlari uchun alohida sovg‘adir. U kompaniyaning nafaqat zamon bilan hamnafas bo‘lishga, balki texnologiyalar taraqqiyot poydevorini tashkil etadigan, millionlab odamlarning biznes, ta’lim va muloqotida yangi ufqlarni ochadigan O‘zbekiston kelajagini shakllantirishga bo‘lgan intilishini ifodalaydi.

Raqamli ekotizim sari

Ochiq manbalardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Farg‘ona viloyatida 4 milliondan ziyod, Andijon viloyatida 3,3 milliondan ortiq, Namangan viloyatida esa 3 milliondan ko‘p aholi istiqomat qiladi. Bunday aholi zich joylashgan hududlarda 5G tizimining ishga tushirilishi g‘oyat muhim ahamiyatga ega: bu har bir kishi yuqori tezlikdagi internet imkoniyatlaridan foydalana oladigan yangi raqamli ekotizimni yaratish sari qo‘yilgan qadamdir.

Loyiha joriy yilning mart oyida boshlandi va Mobiuz tarmoqlarini modernizatsiya qilishning asosiy bosqichlaridan biriga aylandi. Olti oy davomida mutaxassislar jamoasi nafaqat zamonaviy uskunalarni o‘rnatdi, balki ularni foydalanuvchilarning haqiqiy ehtiyojlariga moslashtirdi ham. Bugungi kunda Andijon, Namangan, Farg‘ona, Qo‘qon aholisi yangi avlod aloqasidan – barqaror, tez va ishonchli aloqa xizmatlaridan foydalanmoqda.

5G imkoniyatlari:

5G yangi imkoniyatlar ochmoqda: u katta yuklamalarda ham yuqori tezlikdagi internet, onlayn o‘yinlar va video qo‘ng‘iroqlarda minimal kechikishlarni taʼminlaydi, sifatli onlayn anjumanlar, raqamli biznes va onlayn taʼlimni rivojlantirish imkonini beradi. Yangi avlod tarmog‘ining afzalliklaridan foydalanish uchun quyidagilar zarur:

  • 5G ni qo‘llab-quvvatlaydigan smartfonga ega bo‘lish;
  • qurilma sozlamalarida 5G rejimini yoqish;
  • Mobiuz mobil ilovasida 5G aloqasini faollashtirish yoki *223*1# kombinatsiyasini terish.

“Texnologiyalar insonlarga xizmat qiladi”

Mobiuz bosh direktorining texnika va IT bo‘yicha o‘rinbosari Abdurahmon Abdurahmonov taʼkidlaydi:

“Kompaniyamiz tashabbuslari zamirida sifatli aloqa yangi g‘oyalarni tug‘diradi va odamlarni birlashtiradi, degan ishonch yotadi. Farg‘ona vodiysida 5G ning ishga tushirilishi shunchaki yangi tezlik darajasi emas, balki millionlab aholi o‘z salohiyatini namoyon eta oladigan kelajak sari qo‘yilgan qadamdir. Biz uchun texnologiyalar odamlarga xizmat qilishi, ularning rivojlanishiga ko‘maklashishi va yangi yutuqlarga ilhomlantirishi muhimdir.”

Mobiuz beshinchi avlod tarmog‘i qamrovini kengaytirishda davom etadi. Kompaniya odamlarni birlashtirish, har bir insonning imkoniyatlarini kuchaytirish va raqamli O‘zbekiston kelajagiga hissa qo‘shishni strategik vazifa deb biladi.

Ro'yxatga qaytish