Bugun O‘zbekistonda O‘zbek tili kuni nishonlanmoqda — bu bayram milliy madaniyat, tarix va xalqning ma’naviy birligi bilan faxrlanishni ramziy ifoda etadi.
Bundan 36 yil oldin xalqimizning ma’naviy boyligi hisoblangan o‘zbek tili "O‘zbekiston Respublikasining davlat tili to‘g‘risida"gi Qonunga muvofiq davlat tili maqomini oldi. Bu voqea milliy o‘zlikni anglash rivojlanishida va mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlashda muhim bosqich bo‘ldi.
O‘zbek tili shunchaki muloqot vositasigina emas. U xalqimizning ko‘p asrlik madaniyati, urf-odatlari va boy merosining aks etishidir. U avlodlarni birlashtiradi, o‘tmishni bugun bilan, bugunni esa kelajak bilan bog‘laydi.
Mobiuz kompaniyasi O‘zbekistonning barcha fuqarolarini ushbu tarixiy kun bilan chin yurakdan qutlaydi!
Biz shunday boy til va madaniy merosga ega bo‘lgan mamlakatda faoliyat yuritayotganimizdan faxrlanamiz hamda o‘zbek tilining hayotning barcha sohalarida, jumladan, raqamli makonda ham yorqin va zamonaviy bo‘lishiga intilamiz.
Tilimiz doimo birlik, g‘urur va ilhom ramzi bo‘lib qolsin!
Bayramingiz muborak bo‘lsin!
Mobiuz — xalq bilan hamjihatlikda, til bilan uyg‘unlikda.
