2025-yil sentyabr oyida Mobiuz kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan hamkorlikda o‘z tarmoqlarida abonentlarning telefon qo‘ng‘iroqlari xavfsizligini oshirishga mo‘ljallangan zamonaviy "Anti-Spoofing" texnologiyasini joriy etdi.
Ushbu qaror tufayli chet eldan amalga oshirilayotgan minglab telefon firibgarlarining qo‘ng‘iroqlari endi Mobiuz abonentlariga yetib bormaydi.
Tizim avtomatik tarzda qo‘ng‘iroqlarning haqiqiyligini tekshiradi va shubhali ulanishlarni foydalanuvchiga yetib kelishidan oldin to‘sib qo‘yadi, shu orqali ehtimoliy firibgarlik va shaxsiy ma’lumotlarni o‘g‘irlash urinishlarining oldini oladi.
Shuni ta’kidlash lozimki, yangi funksiya barcha abonentlar uchun avtomatik tarzda faollashtirilgan bo‘lib, qo‘shimcha dasturlarni o‘rnatish yoki telefon sozlamalarini o‘zgartirishni talab etmaydi.
Bundan tashqari, Mobiuz tarmoqlarida robotlashtirilgan qo‘ng‘iroqlarni avtomatik tarzda to‘sishning zamonaviy tizimlari joriy etilgan bo‘lib, bu aloqadan foydalanishni yanada qulayroq va xavfsizroq qiladi.
Mobiuz kompaniyasi o‘z mijozlarining raqamli xavfsizligi va shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilish darajasini oshirishga qaratilgan innovatsion texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha tizimli ishlarni izchil davom ettirmoqda.
Mobiuz — siz ishonch bildirgan aloqa!
