Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Mobiuz’ning 5G tarmog‘i Andijon viloyatida yanada kengaymoqda!

Mobiuz kompaniyasi mamlakat hududlarida aloqa qamrovi doirasini bosqichma-bosqich kengaytirish va sifatini yaxshilashda davom etmoqda. Yangi tayanch stansiyalarining ishga tushirilishi natijasida, Andijon viloyatining yanada ko‘proq aholisi zamonaviy 5G aloqa texnologiyasining afzalliklaridan - ma’lumotlarni uzatishning o‘ta yuqori tezligi va barqaror ulanishdan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.

Quyidagi manzillarga yangi 5G tarmog‘i stansiyalari o‘rnatildi:

·         Andijon shahri — "Andijon", "Temur Malik", "Yaxshi" MFYlari

·         Andijon tumani — "Beshpahlavon", "Do‘ng‘qishloq", "Zangibobo", "Qonji", "Naymanobod", "Orol" MFYlari

·         Asaka tumani — "Axtachi," "Fayziobod" MFYlari

·         Baliqchi tumani — "Polvonko‘l" MFY

·         Buloqboshi tumani — "Buyuk Turon", "Soy bo‘yi", "To‘g‘risuv", "Yorboshi", "Shirmonbuloq" MFYlari

·         Jalaquduq tumani — "Guliston" MFY

·         Qo‘rg‘ontepa tumani — "Buyuk Turon" va "Ziyoratgoh Yunus Payg‘ambar" MFYlari

·         Xo‘jaobod tumani — "Ko‘prikboshi", "Sanoatchilar", "Yangi hayot" MFYlari

·         Shahrixon tumani — "Ortiq" MFY

5G tarmog‘ini rivojlantirish Mobiuz kompaniyasining eng muhim ustuvor vazifalaridan biri hisoblanib, abonentlarni yuqori tezlikdagi va ishonchli mobil internet xizmati bilan ta’minlashga qaratilgan.

Mobiuz butun mamlakat bo‘ylab 5G tarmog‘ining qamrovini kengaytirishni davom ettiradi, bu esa muloqot, ish va hordiq chiqarish uchun yangi imkoniyatlarni yaratadi.

Ro'yxatga qaytish