Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Mobiuz shaffoflik va mas’uliyatli biznes madaniyatini mustahkamlamoqda

Mobiuz mobil aloqa operatori xodimlari uchun Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bagishlangan talim seminarini tashkil etdi. Seminar huquqiy savodxonlikni oshirish va korrupsiyaga qarshi kurashish tamoyillarini mustahkamlashga qaratilgan.

Mashg‘ulotni Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish kafedrasi o‘qituvchisi Akbarxon Azamov olib bordi.

Seminar davomida korrupsiyaning kelib chiqishi va turlari batafsil ko‘rib chiqildi, korrupsiyaviy xavf-xatarlar yuzaga kelishining tipik holatlari tahlil qilindi, shuningdek, Korrupsiyani idrok etish indeksi nuqtai nazaridan bu hodisaga qarshi kurashishning jahon tajribasi o‘rganildi.

O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaning oldini olish va barcha sohalarda korrupsiogen omillarni yo‘q qilish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlarga alohida e’tibor qaratildi.

Mutaxassis Mobiuz’ning zamonaviy texnologik aloqa operatori sifatidagi falsafasiga to‘liq mos keladigan shaffof ish mexanizmlarini yaratishning hal qiluvchi ahamiyatini ta’kidladi.

Shuni ta’kidlash lozimki, Mobiuz mobil operatori ISO 9001:2015 "Sifat menejmenti tizimlari" va ISO 37001:2016 "Korrupsiyaga qarshi kurash menejmenti tizimlari" xalqaro standartlarini muvaffaqiyatli joriy etgan va ularga amal qilmoqda. Bu mijozlar va hamkorlar oldidagi ochiqlik va mas’uliyat tamoyillariga kundalik sodiqlikdan dalolat beradi.

Mobiuz ochiq muloqotni qo‘llab-quvvatlaydi va xodimlar tomonidan yo‘l qo‘yilgan barcha shubhali holatlar yoki qoidabuzarliklar haqida xabar berishga chaqiradi:

  • Email: hotline@mobi.uz

  • Ishonch telefoni: 0870 (Mobiuz abonentlari uchun - qo‘ng‘iroq bepul)

  • Muqobil raqam: (+998 97) 780 0909 (boshqa operatorlar uchun)

Ro'yxatga qaytish