Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Mobiuz raqamlar tanlash imkoniyatini kengaytirmoqda va yangi prefiks raqamlarni joriy etmoqda

Mobiuz butun mamlakat bo‘ylab abonentlarga raqamlar tanlovini kengaytirish va yangi prefikslarni joriy etishni e’lon qiladi. Ushbu qaror ulanish imkoniyatini oshirish hamda qulay va oson esda qoladigan raqamni tanlash uchun ko‘proq imkoniyatlarni taqdim etishga qaratilgan.

Yangilanish doirasida quyidagi old qo‘shimchalar foydalanish uchun taqdim etildi:

·         +998 87 369

·         +998 87 042

Raqamlar zaxirasini kengaytirish abonentlarga shaxsiy foydalanish, tijorat yoki korporativ aloqa uchun o‘zlariga mos raqamni tanlab olish imkoniyatini yaratadi.

Ro'yxatga qaytish