Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Mobile World Congress 2026: Barselonadagi yubiley tadbiri

2–5-mart kunlari Barselonada GSMA (GSM Assotsiatsiyasi) tomonidan tashkil etilgan jahon mobil sanoatining eng yirik tadbiri – 20-Mobil Jahon Kongressi (MWC) bo‘lib o‘tmoqda.

MWC shunchaki ko‘rgazma bo‘libgina qolmay, ayni paytda mas’uliyat, axloq va texnologiyalar kelajagini muhokama qilish uchun muhim platforma hamdir. Bu yilgi anjuman “The IQ Era” (Idrok Davri) mavzusiga bag‘ishlangan.

MWC anjumanida dunyoning 200 mamlakatidan 2900 dan ortiq kompaniya qatnashmoqda, o‘nlab turli tadbirlar o‘tkazilmoqda.

MWC tadbirlarida an’anaga ko‘ra Mobiuz mobil aloqa operatori delegatsiyasi ham ishtirok etyapti. Uskuna va texnologiyalar, dasturiy ta’minot, sun’iy intellekt yechimlarini ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilar bilan ishbilarmonlik uchrashuvlari bo'lib o'tmoqda.
   

   

Ro'yxatga qaytish