Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Musiqa, ichimliklar va qimmatbaho sovg‘alar: Mobiuz qo’llab-quvvatlagan Mazza Fest 2026 qanday o‘tdi

29–31-may kunlari Toshkentdagi Ozekspomarkaz” hududida Mazza Food & Music Fest 2026 bolib otdi. Mobiuz mobil aloqa operatori uning hamkorlaridan biri sifatida qatnashdi.

Musiqa va taomlar festivali

Toshkentda o‘tkazib yuborib bo‘lmaydigan tadbirlar bor va Mazza Food & Music Fest ana shundaylar jumlasidandir. Yiliga ikki marta “O‘zekspomarkaz”ning yozgi maydoni ochiq osmon ostidagi musiqa va taomlar hududiga aylanib qoladi

Bu yil bu yerda o‘nlab turli taomlar, milliy libos va san’at namunalari taqdim etildi. Sahnadan DJlar, BETWEEN US, Moreart, IOWA va PIZZA kabi guruhlari jonli ijroda kuyladi. Tadbirga an’anaviy tarzda madaniyatga qiziqqan va maroqli dam olmoqchi bo‘lgan minglab mehmonlar tashrif buyurdi. Hayot qaynab-jo‘shgan bunday joyda Mobiuz kompaniyasi ham hozir bo‘ldi.

Barchaning etiborida bolgan stend

Kompaniya stendi festival shovqini ichida xotirjamlik maskani bo‘lib xizmat qildi. May oyi oxiridagi jaziramada Mobiuz stendidagi salqin ichimliklar chanqoqni bostirishga yordam berdi. Shu o‘rinda mehmonlarda Mobiuz tariflari va xizmatlari bo‘yicha maslahat va yordam olish imkoniyati ham bo‘ldi.

Lekin barchani e’tiborini tortgani yutuqli o‘yin bo‘ldi: unda HP ProBook noutbuki hamda “Mobi Home” tarifida butun bir yilga bepul uy internetiga ega routerlar o‘ynaldi. Ishtirok etish shartlari oddiy - tarifga ulanish yoki ilovada ro‘yxatdan o‘tish, kuponni olib, lototronga tashlash kerak edi xolos.

Yutuqli o‘yin 31-may kuni festival maydonining o‘zida hamda kompaniyaning Instagram sahifasida jonli efirda o‘tkazildi. Shu tariqa, g‘oliblar o‘z yutuqlari haqida barchaning ko‘z o‘ngida, festival ishtirokchilarining gulduros qarsaklari ostida bilib oldilar.

Bunday tadbirlar Mobiuz’ga nima beradi?

Kompaniya uchun bunday festivallar bir martalik aksiya emas. Mobiuz yildan yilga mamlakatning yirik madaniy va musiqiy tadbirlari markazida bo‘lib kelmoqda.

Bunday maydonlarda eng faol auditoriya: yoshlar, oilalar, olingan videolarni gavjum joyda “storis” sifatida bir zumda “uchib” ketishini hamda jonli efir qilishni xohlaydigan faol internet foydalanuvchilari yig‘iladi. Festival va konsertdar abonentlar bilan rasmiyatchiliklarsiz, ular bilan bir to‘lqinda bo‘lib muloqot qilish maskanidir.

Eng qizigi hali oldinda

8-iyun kuni Samarqanddagi Registon maydonida Grammy, Oscar, Tony va Emmy mukofotlari sohibi, zamonamizning eng tanilgan ovozlaridan biri Jon Lejend konsert beradi. Bu uning Markaziy Osiyodagi ilk konserti bo‘lgani uchun kecha tarixiy bo‘lishi kutilmoqda. Mobiuz ushbu tadbirning oltin hamkori sifatida ishtirok etmoqda.

Mobiuz yangiliklarini MyMobiuz Telegram-kanalida kuzatib borishingiz mumkin.

      

Ro'yxatga qaytish