Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Mobiuz Jon Lejend konsertida gigabitli mobil internet tezligini ta’minladi

Mobiuz mobil aloqa operatori Ozbekiston Respublikasi Madaniyat va sanatni rivojlantirish jamgarmasi tomonidan tashkil etilgan tadbirning oltin hamkori sifatida ishtirok etdi.

Samarqand uzoq vaqt yodida saqlaydigan oqshom

8-iyun kuni Samarqanddagi Registon maydoni yilning eng yorqin musiqiy voqealaridan biriga mezbonlik qildi. Ochiq osmon ostida, qadimiy madrasalar qurshovida minglab tomoshabinlar uchun ovozi butun dunyoga tanish bo‘lgan Grammy, Oscar, Tony va Emmy mukofotlari sovrindori Jon Lejend o‘z san’atini namoyish etdi. Bu san’atkorning Markaziy Osiyodagi ilk konserti bo‘lib, u darhol tarixiy voqeaga aylandi.

Konsert “Qo‘shiqlar va hikoyalar oqshomi” deb nomlangan bo‘lib, bu kechaga berilgan juda o‘rinli ta’rif bo‘ldi. Jon Lejend o‘zining eng sara asarlarini – allaqachon kimlarningdir sevgi qissalari va muhim damlarining bir qismiga aylanib ulgurgan o‘sha kuy-qo‘shiqlarni ijro etdi.

San’atkor qo‘shiqlar orasida tomoshabilanlar bilan chin dildan suhbatlashdi: o‘zi haqida so‘zladi, u yoki bu qo‘shiq qanday yaralgani, uning mazmuni va uni yozayotganda qanday hislarni tuygani bilan o‘rtoqlashdi.

Shunday daqiqalarda minglab odamlar go‘yo bir oilaga aylangandek bo‘ldi. Registon uzra botayotgan quyosh, afsonaning jonli ovozi hamda iliq, deyarli oilaviy muhit konsertni uzoq vaqt xotiralarda saqlanib qoladigan hodisaga aylantirdi.

Har bir lahza – darhol efirda

Hamma ham yaxshi konsertni nafaqat o‘zi his qilishni, balki yonida bo‘lmagan yaqinlari bilan ham baham ko‘rishni istaydi. Shu bois Mobiuz abonentlari his-tuyg‘ular hali jo‘sh urib turgan bir paytda, kechikishlar va uzilishlarsiz kadrlar bilan jonli efirda bo‘lishib turdilar: videolar oldilar, storislar joyladilar va to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga chiqdilar.


Mobiuz Registon maydonni gigabitli mobil internet tezligi bilan ta’minladi hamda bu oqshomning yaqqol sezilarli va muhim qismiga aylandi. Minglab tomoshabinlar bir vaqtning o‘zida o‘z lentalariga surat va videolar yubordi, har bir kadr do‘stlar va yaqinlarga bir zumda yetib bordi.

Har qanday uyali aloqa operatori uchun bunday ko‘lamdagi konsert – jiddiy texnik vazifadir. Minglab odam bir maydonga yig‘ilib, bir vaqtda tarmoqqa ulanganda, infratuzilmaga tushadigan yuklama bir necha barobar ortadi. Buning oldini olish uchun Mobiuz odamlar gavjum joylarda va unga tutash hududlarda qamrovni kuchaytirib, eng yuqori yuklama uchun tarmoq sig‘imini oshirib bormoqda.

Mobiuz yorqin lahzalarni hadya etishda davom etadi

Jon Lejend konsertidagi hamkorlik – Mobiuzning mamlakatdagi madaniy tadbirlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan keng qamrovli faoliyatining bir qismidir. Texnologiyalar odamlarning quvonchi, his-tuyg‘ulari va muhim onlarini bir-birlari bilan osonroq ulashishlari uchun xizmat qilishi kerak, deb hisoblaydi kompaniya.

Oldinda hali ko‘plab yorqin voqealar bor va Mobiuz har bir shunday kechani xotirada saqlab qolish imkonini berish uchun yoningizda bo‘ladi. Kompaniya yangiliklarini kuzatib boring.

      

Ro'yxatga qaytish