Mobiuz mobil aloqa operatori o o‘z xizmatlarini mijozlar uchun yanada yaqinroq va qulayroq qilish maqsadida Makro supermarkellar tarmog‘ida ulanish to‘plamlarini sotishni yo‘lga qo‘ydi.
Endi kundalik xaridlarni mobil aloqaga ulanish bilan birga olib borish yanada osonlashdi: boshlang‘ich to‘plamni odatiy xaridlar vaqtida to‘g‘ridan-to‘g‘ri olib ketish mumkin.
Afzalliklar va to‘plam tarkibi
Ulanish kompaniya idoralariga tashrif buyurmasdan va navbatlarda turmasdan amalga oshiriladi. Har bir to‘plam tarkibiga quyidagilar kiradi:
· Mobiuz SIM-kartasi;
· Raqamni mustaqil faollashtirish bo‘yicha bosqichma-bosqich qo‘llanma;
· Kalit-skrepka.
SIM-kartani faollashtirish va qulay tarif rejasini tanlashni istalgan vaqtda mustaqil ravishda bajarish mumkin.
Xaridlar va qulay ulanish uchun eng yaqin Makro supermarketiga taklif etamiz!
