2026-yilning yetti oyi davomida Mobiuz ikki viloyatda 180 dan ortiq yangi 4G LTE standartidagi tayanch stansiyalarini ishga tushirdi. Natijani asosiy ko‘rsatkich — abonentlar foydalanayotgan internet hajmidan ham bilsa bo‘ladi.
Bu sayyohlar uchun nimani anglatadi?
Buxoro va Samarqand – O‘zbekiston sayyohlik xaritasidagi asosiy manzillardir. 2026-ilning birinchi yarim yilligida mamlakatimizga 6,5 milliondan ortiq xorijiy sayyoh tashrif buyurdi va bu oqimning salmoqli qismida aynan shu ikki viloyatning hissasi katta.
Mobiuz ma’lumotlariga ko‘ra, zamonaviy sayyoh deyarli doimo onlayn bo‘ladi: notanish shahar bo‘ylab harakatlanishda navigator ishlatadi, sotuvchi bilan suhbatda onlayn tarjimondan foydalanadi, karta orqali onlayn to‘lov qiladi, izoh qoldiradi, storislar joylaydi, uyga videoqo‘ng‘iroq qiladi…
Sayyohlar odatda bir xil manzillarda va bir xil vaqtda to‘planadi. Registon, Go‘ri Amir, Shohi Zinda, Labi Hovuz, Ark va boshqa o‘nlab maskanlar shular jumlasidan. Bu esa tarmoq uchun kichik bir hududda eng yuqori yuklama deganidir. Bularning barchasi Mobiuz mutaxassislari tomonidan rejalashtirish bosqichida – yangi stansiya o‘rnatish yoki mavjudini modernizatsiya qilishdan avval hisobga olinadi.
Bu mahalliy aholi uchun nimani anglatadi?
Samarqand viloyati mamlakatimizning aholisi eng zich joylashgan hududi hisoblanadi: bu yerda qariyb 4,4 million kishi istiqomat qiladi. Buxoro viloyatida esa bu ko‘rsatkich 2,1 milliondan oshadi. Bunday zichlik tarmoqqa alohida talablar qo‘yadi.
Tarmoqlarga eng katta yuklama odamlar ishdan uyga qaytadigan vaqt – kechki paytga to‘g‘ri keladi. Darslar, seriallar, xorijdagi yaqinlarga videoqo‘ng‘iroqlar, kommunal to‘lovlar, onlayn bo‘lish va hokazo bu yuklamani belgilab beradi.
Tarmoqlar har qanday vaziyatga ham bardosh bera olishi kerak.
Asosiy ko‘rsatkich – ma’lumotlar hajmi
Tarmoq rivojlanayotganini ko‘rsatib turuvchi yaqqol ko‘rsatkichi bor – bu uzatilgan ma’lumotlar hajmidir. Boshqacha aytganda, bu abonentlar amalda qancha internet sarflashayotgani ko’rsatkichi.
Mobiuz’ning Buxoro viloyatidagi abonentlari tarixiy ko‘rsatkichni zabt etdi: hozirda ular bir oyda 4 million gigabaytdan ortiq mobil internet sarflamoqda. Aniqroq tasavvur qilish uchun, bu 4 million soatlik videoqo‘ng‘iroq yoki 456-yillik uzluksiz videomuloqot deganidir.
Samarqand viloyatida iste’mol hajmi bundan ham yuqori – oyiga 10 million gigabayt. Bu Buxorodagidan 2,5 baravar ko‘p bo‘lib, 6,7 millionta ko‘rilgan filmga tengdir.
Rejalar qanday?
Mamlakatimizning boshqa hududlari singari Buxoro va Samarqand viloyatlarida ham texnik ishlar davom etmoqda. Yangi tayanch stansiyalari ishga tushirilmoqda, mavjudlarining sig‘imi kengaytirilmoqda, chastota resursi esa bosqichma-bosqich 4G LTE ehtiyojlariga o‘tkazilmoqda.
Ustuvor vazifa o‘zgarmagan: odamlar har kuni yashaydigan va ishlaydigan joylarda barqaror aloqa hamda qamrovni ta’minlashga asosiy e’tibor qaratilmoqda.
Mobiuz’ning texnik rivojlanishi haqidagi batafsil ma’lumotlarni pr.mobi.uz saytida o’qing.
