
Rouming qanday ishlaydi?
Samolyot boshqa mamlakatga qo‘ngach, telefoningizni yoqasiz — ko‘p o‘tmay ekranda notanish operatorning nomi paydo bo‘ladi. Bu odatiy holat ortida ikki tarmoq: xorijiy va o‘z tarmog‘ingizning o‘zaro aloqasi yotadi. Aynan shu jarayon uydan olisda ham o‘z raqamingizdan foydalanish imkonini beradi.
Tarmoq sizni chet elda qanday «taniydi»
Telefoningiz yangi mamlakatda signalni tutishi bilanoq, o‘z mobil operatoringiz bilan rouming kelishuvi mavjud bo‘lgan tarmoqlarni qidira boshlaydi. Mos tarmoqni topgach, telefon ro‘yxatdan o‘tish uchun so‘rov yuboradi. Shunda mahalliy tarmoq bu abonent chindan ham mavjudligi, SIM-kartasi faol ekani va unga aloqa xizmatlarini taqdim etish mumkinligini tasdiqlash uchun Mobiuz uy tarmog‘i bilan bog‘lanadi.
Bunday rouming shartnomalari bir martalik kelishuv emas, balki sohadagi global infratuzilmaning bir qismidir: butun dunyo bo‘ylab mobil aloqa operatorlarini birlashtiruvchi GSMA assotsiatsiyasi operatorlarning yagona texnik ma’lumotlar reyestrini yuritadi. Uning yordamida har qanday hamkor tarmoq abonent hatto umrida birinchi marta dunyoning narigi chekkasiga borib qolgan bo‘lsa ham, uning haqiqiyligini sanoqli soniyalar ichida tekshira oladi.
Aslida sizga kim xizmat ko‘rsatadi?
Chet elda ekanligingizda, qo‘ng‘iroqlar va internetni texnik jihatdan mahalliy tarmoq ta’minlaydi — biroq mablag‘larni yechib olish va narxlash doimiy operatoringiz orqali amalga oshiriladi. Aynan shu sababli safardan qaytgach, rouming xarajatlari ba’zan o‘z raqamingizga alohida band bo‘lib keladi.
O‘z raqamingiz bilan — xorijda
Mobiuz xalqaro rouming xizmati aynan shu tamoyil asosida ishlaydi: safar davomida siz o‘z raqamingizni saqlab qolasiz, aloqani esa xorijiy hamkor operatorlar tarmoqlari ta’minlaydi. Raqamingiz uchun mavjud bo‘lgan rouming xizmatini Mobiuz mobil ilovasida oldindan yoqib olishingiz mumkin.
Safarlar uchun maxsus rouming-paketlar ko‘zda tutilgan: RoNET — internet-trafik bilan, RoMIX esa internet, daqiqalar va SMS jamlanmasi bilan. O‘z rejalaringizga mos variantni tanlashingiz mumkin: xaritalardan foydalanish, yaqinlar bilan yozishish yoki uyga qo‘ng‘iroq qilish uchun. Ulashdan oldin tanlangan paket siz boradigan mamlakatda va muayyan hamkor operator tarmog‘ida amal qilishini tekshirish, shuningdek, uning amal qilish muddatini aniqlashtirib olish muhimdir. Rouming xizmatining o‘zini esa paketni ulashdan avval faollashtirish zarur.
Amaldagi shartlar va mavjud variantlar mobi.uz saytining «Rouming» bo‘limida jamlangan.
eSIM o‘yin qoidalarini o‘zgartiradi
eSIM — bu alohida tarifikatsiya usuli emas, balki SIM-kartaning raqamli formatidir. Agar Mobiuz eSIM xizmatidan foydalansangiz, chet elda aloqa xuddi oddiy SIM-kartadagi kabi rouming shartlari asosida taqdim etiladi.
Shuningdek, bu texnologiyani qo‘llab-quvvatlaydigan smartfonga internet uchun alohida turistik eSIM o‘rnatib, qo‘ng‘iroqlar va SMS uchun asosiy Mobiuz raqamini saqlab qolish ham mumkin. Ikkita liniyaning bir vaqtda ishlash imkoniyati qurilmaga bog‘liq bo‘lib, har bir liniyadagi xizmatlar uchun to‘lov tegishli operator shartlari asosida amalga oshiriladi. Xorijiy tarmoqda Mobiuz raqamini ishlatish uchun baribir rouming kerak bo‘ladi.
Uchishdan oldin nimalarni tekshirish kerak
Boradigan mamlakatingizdagi aloqa shartlarini oldindan aniqlashtiring, roumingni hamda zarur bo‘lsa, mos paketni yoqtiring, balansingizni tekshiring. Agar Mobiuz orqali mobil internetdan foydalanishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, ma’lumotlar uzatish uchun ushbu SIM-kartani tanlang va telefon sozlamalarida roumingda ma’lumotlar uzatishni yoqing.
Amaldagi tariflar, hamkor operatorlar ro‘yxati va ulanish shartlari bilan mobi.uz saytining “Rouming” bo‘limida tanishishingiz mumkin. Safardan oldin bir necha daqiqalik tayyorgarlik qanday qilib aloqada qolishni va bu qanchaga tushishini oldindan bilib olishga yordam beradi.
